Salom Mehmon! 07:46 , 04.12.16
Qo'y 21.03-20.04
Atrofingizdagi odamlar sizning har qanday boshlayotgan ishingizni yahshi qabul qilishmaydi. Ularning fikrini so'ramang. Natijadan bahra olishsn.
Buzoq 21.04-21.05
Siz hamma narsaga jiddiy munosabatdasiz. Bu u qadar ham yomon emas, ammo asab tolalari tiklanmaydi.
Egizaklar 22.05-21.06
Bugun ancha oldin yo'qolgan aloqalarni tiklash uchun juda qo'l keladi. Eski tanishlarni ko'rib qolish ehtimolingiz katta.
Qisqichbaqa 22.06-22.07
Bugun sizga shoshma-shosharlik qilish yaramaydi. Agar biror nimani zudlik bilan yakuniga etkazish talab etilsa, uni bajarish muddatini iloji boricha ortga surishga harakat qiling.
Arslon 23.07-23.08
Ochiq va jiddiy gaplashib olish vaqti keldi, qanday sohadaligi sizga ayon. Uni ortga surmang.
Parizod 24.08-23.09
Siz ehtimol juda ko'p narsaga qodirdirsiz, ammo hammasiga birdan urunmang. Charchaganingiz qoladi – foyda esa kam. Asosiylarini qiling, qolgani kutib turadi.
Tarozi 24.09-23.10
Atrofdagilar sizning u yoki bu harakatingizga baho berishni istaydi, shu sababli ularga u qadar urg'u bermang. Boshqalar nima deyayotganini nima ahamiyati bor, o'zingiz ishonsangiz bo'ldida.
Chayon 24.10-22.11
Agar bugun biror yangi va kutilmagan narsani istasangiz, restoranga borib tushunarsiz narsa buyurtma qiling. Bu istagingizni qondirishga eng arzon va og'riqsiz usul bo'ladi.
O'qotar 23.11-21.12
Bugun shu qadar emotsional bo'lishingiz mumkin-ki, yoningizda bo'lish zilzila epimarkazida bo'lish bilan barobar bo'ladi. Ehtiyot bo'ling, aybsiz odamlar aziyat chekishi mumkin.
Tog' echkisi 22.12-20.01
Bugun sizning murosa qilishga ham afsus chekishga ham moyilligingiz bo'lmaydi. Shu sababli kun u qadar omadli bo'lmaydi.
Qovg'a 21.01-18.02
Tanlov qilishingiz mumkin yoki siz o'tirib qo'ldan boy bergan narsangizga achinasiz yoki yangi imkoniyatlar qidirasiz. Qaysi biri ko'proq yoqadi?
Baliq 19.02-20.03
Yahshi narsalarga ishoning, ammo sug'urtalanishni ham unutmang. Ehtimol suyanchig'siz ham, ko'p narsa qila olarsiz, ammo qattiq yiqilmaslik uchun tagingizga somon solishingiz kerak.